Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 699,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 720,5 mlrd so‘mni (122,1 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 979,4 mlrd so‘mni tashkil etdi (105,6 %).