2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 2019- yilning mos davriga nisbatan 85,4 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 5,9 foiz ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 94,1 foiz ulushini tashkil etdi.