12/09/2023

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,8 foizi yoki 9 058 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi. Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 63,8 foiz ulushni tashkil etgan bo‘lib, 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 70,1 foizni tashkil etdi; - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 29,6 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 74,1 foizni tashkil etdi; - avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 6,6 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 64,0 foizni tashkil etdi.