Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 086,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 5,8 % ga oshdi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 92,9 % ni tashkil etdi.