Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil yanvar-iyul holatiga koʻra, 685,0 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 592,6 mln AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 92,4 mln AQSh dollari qiymatida qayd etildi.