2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 680,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. 2023 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga kelgan chet fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
qarindoshlarni yoʻqlash — 3 138,6 ming kishi;
boʻsh vaqt va dam olish — 397,4 ming kishi;
xizmat yuzasidan — 73,4 ming kishi;
davolanish — 36,3 ming kishi;
tijorat — 29,1 ming kishi;
oʻqish maqsadida — 5,6 ming kishi.