24/08/2023

Joriy yilning 21-avgust–1-sentabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Iste’mol narxlari indeksi (chuqurlashtirilgan)” o‘quv kursi bo’lib o’tmoqda.Mazkur kursda O‘zbekiston, Armaniston, Albaniya, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Moldova, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Serbiya, Tojikiston, Ozarbayjon va Ukraina davlatlarining statistika idoralari vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur kursda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov, Toshkent shahar statistikasi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari Shavkat Norkulov, shuningdek, Narxlar statistikasi boshqarmasi mutaxassislari – Javohirbek Djamaldinov, Shaxnoza Ismailova va Aziz Tuychiyev ishtirok etishmoqda. Kursning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, iste’mol narxlari indeksini shakllantirishning nazariy jihatlari to‘g‘risida bilim berish, hisob-kitoblar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat.Kurs davomida ishtirokchi davlatlarning iste’mol narxlari indeksini shakllantirish borasidagi tajribalari hamda xorijiy ekspertlarning tavsiyalari o‘rganilmoqda.