22/08/2023

2023-yil 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari hamda Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi vakillari o‘rtasida transport va innovatsiyalar statistikasini yig'ishni tashkil etish amaliyoti bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuv davomida Statistika agentligi vakillari Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika byurosining transport va innovatsion statistika maʼlumotlarini yigʻish va hisobga olish amaliyoti, xususan, transport va innovatsiyalar statistikasini shakllantirish metodologiyasi, innovatsion ko'rsatkichlar, ma'lumotlar manbalari, so'rovni tashkil etish kabi tajribalari bilan tanishdi. Oʻz navbatida Statistika agentligi vakillari Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika byurosidagi hamkasblariga Oʻzbekistonning transport va innovatsion statistika maʼlumotlarini yigʻish va hisobini yuritish amaliyotini namoyish etdilar.

 

Uchrashuv davomida transport va innovatsiyalar statistikasi boʻyicha ikki tomon vakillarini qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida tomonlar statistika idoralari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish sohasida kelgusida ham hamkorlik qilish boʻyicha kelishib oldilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech