O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda barcha korxona va tashkilotlarga quyosh panellarini o‘rnatish yuzasidan bergan topshiriqlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Andijon viloyati statistika boshqarmasi binosida ham quyosh panellari o‘rnatildi.
Boshqarma binosining quyosh panellari bilan ta'minlash ishlari joriy yilning iyun oyidan boshlangan bo‘lib, hozirda maydoni 44.6 metr kvadrat joyga umumiy quvvati 10 kVtni tashkil etuvchi 18 ta quyosh panellari o‘rnatildi. Quyosh panellarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmagan holatda va bulutli kunda ham yorug‘likni o‘zida ishlay oladi.