Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori o‘sish sur’atlariga ega eng yirik korxonalar, Oltinko‘l, Jalaquduq va Marhamat tumanlarida kuzatildi. 2023- yil 1- iyul holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 782 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 9 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 773 tani tashkil qildi.