Ishonchli axborot hukumatning turli darajadagi qisqa va uzoq muddatli dasturlarni belgilash, zarur prognozlarni samarali ishlab chiqish uchun aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlari kerak. Maʼmuriy birlik hududida aholi to‘g‘risidagi maʼlumotlar boshqaruv tizimini optimallashtirish, shuningdek, ijtimoiy sohani aniq va samarali foydalanishni taʼminlaydi. Masalan, byudjet xarajatlarini kamaytirish uchun subventsiyalar hajmi maʼlum bir hududda yashovchi aholi soni va tarkibi asosida aniqlanadi. O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish istagi zamonaviy iqtisodiyotning asosiy manbai – mamlakatning inson salohiyati haqida bilmasdan amalga oshirilmaydi albatta. Bizning vazifamiz mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali kuchliroq boʼlishdir. Buning uchun aholining tarkibi, uning iqtisodiy faolligi, taʼlim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Misol uchun, mamlakatda qancha odam borligi haqida bilishgina emas, balki migrantlar qaerdan va qaerga ketayotganligini bilishimiz kerak.
Shu vaqtgacha eʼlon qilib borilayotgan aholi to‘g‘risidagi maʼlumotlar qanday shakllantirilmoqda yoki qanchalik haqiqatga yaqin?
Joriy hisob vazirliklar birlamchi idoraviy hujjatlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, uning natijalari kelgusi o‘n yil mabaynida aholi soni, yosh-jins tarkibini baholash uchun yagona dastlabki axborot bazasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Keyingi yil boshida aholi sonini baholash oxirgi aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida hisoblab chiqiladi, unga har yili mintaqa hududida tug‘ilganlar va kelganlar soni qo‘shiladi va ushbu hududda vafot etganlar va ko‘chib ketganlar soni ayriladi. Davlat hokimyati organlari, birinchi navbatda aholi soni va yosh tarkibi boʼyicha asosiy byudjet ko‘rsatkichlari haqda maʼlumotga katta ehtiyoj sezmoqda. Аholi sonini joriy baholash hozirgi vaqtda faqat maʼmuriy-hududiy bo‘linmalar bo‘yicha – shahar, qishloq aholisining maʼmuriy hududi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish tadbirida qatnashishdan bosh tortganganlik uchun O‘zbekistonda fuqarolarning javobgarligi mavjudmi? Boshqa davlatlardachi?
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida umum milliy aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish majburiydir. Har bir fuqaroning aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishiga bo‘lgan ehtiyojining yagona argumenti insonning o‘zi haqida maʼlumotga muhtoj bo‘lgan jamiyatning bir qismi ekanligini anglashidir. Аholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish «inson va fuqaroning ijtimoiy burchidir» Bir qator mamlakatlarda: АQSh, Buyuk Britaniya, Chexiya respublikalarida — qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy jarimaga tortiladi. Turkiyada aholini ro‘yxatga olish kuni (bir kun) mamlakatning barcha aholisi uydan chiqib ketishi taqiqlanadi, shuning uchun ular aholini ro‘yxatga oluvchilarni kutishadi. Boliviya hukumati chegaralarni yopib, shaharlarda poezdlar harakati va jamoat transport harakatini bekor qiladi va aholini uydan chiqmaslikka buyruq beradi. Аrgentina va Chilida qonun bilan aholini ro‘yxatga olish kuni barcha ko‘ngilochar joylar, do‘konlar, restoranlar va xizmat ko‘rsatish korxonalarining eshiklari yopiladi. Mamlakatimiz tarixida aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etmaslik uchun faqat bir marta jazo belgilangan. 1939-yilda, birinchi marta aholini ro‘yxatga olish amaliyotida, ro‘yxatga olishdan bosh tortish uchun jinoiy jazo choralari joriy etilgan. SSSR xalq komissiyalar kengashining boshpanasiz aholini ro‘yxatga olish va ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi maxsus norasmiy farmoni qabul qilingan. Keyinchalik qaror bekor qilingan.