04/01/2023

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 553,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu xizmat turning jami hajmida Toshkent shahrining ulushi 61,3 % (4 018,6 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.

Nisbatan kam hajm Sirdaryo viloyatida – 41,6 mlrd. so‘m qayd etildi (jami ushbu xizmat turidagi ulushu 0,6 %ini tashkil etdi).

Hududlar kesimida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi, mlrd. so‘m:

O‘zbekiston Respublikasi – 6 553,6

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 104,9

Andijon - 123,9

Buxoro – 121,5

Jizzax - 102,8

Qashqadaryo - 189,0

Navoiy - 371,8

Namangan – 142,7

Samarqand - 297,9

Surxondaryo – 185,7

Sirdaryo – 41,6

Toshkent - 515,1

Farg‘ona – 189,3

Xorazm - 148,8

Toshkent shahri - 4 018,6

photo_2022-09-15_09-35-50