Yangi Oʻzbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.
Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida oʻtgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.
Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini eʼtirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot xizmati