08/07/2022

 2022- yil 8- iyul kuni boshqarmada navbatdagi  Qurbon hayiti – Ko’ngillar shodligi  mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

  Tadbirni boshqarma boshlig‘I o‘rinbosari M.Yusupov ochib. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J.To‘xtabayeva so‘z olib  Qurbon hayiti – Ko’ngillar shodligimavzusida chiqish qildi. Tadbir davomida mamlakatimizda barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotganlini, Qurbon hayiti arab tilida Iydu-l-Azho deb ataladi. “Iyd” bayram demakdir. Bizdagi hayit so‘zi ham aslida ushbu “Iyd” so‘zining o‘zbekchalashgan ko‘rinishi. Iyd so‘zining ilk harfi halqum harflaridan bo‘lmish ’ayn harfi bo‘lganligi bois uni o‘zbekchada o‘zidek talaffuz qilish biroz qiyin. Shu bois bizning tilda bu so‘z “hayit” o‘laroq ommalashgan. Endi, “iyd”so‘zining kelib chiqishiga kelsak, bu so‘z arabcha “qaytmoq, qaytarmoq, foyda yoki zararni olib kelmoq” ma’nolariga dalolat qiluvchi "عاد" (’aada)fe’liga borib taqaladi. «Al-bahrur-roiq sharhu kanzid-daqoiq" kitobining muallifi mashhur hanafiy faqih Zayniddin ibn Nujaym shunday deydilar: "Iyd so‘zi bilan uning o‘zagi bo‘lgan "qaytib kelish" so‘zi orasida munosabat borligi sir emas. U shuning uchun ham shunday nomlandiki, u kunda Alloh taolodan bandalarga lutfu-inoyat, in’omu-ehsonlar qaytadi; Yoki bunday nomlanishiga sabab, u kun takror-takror keladi, qayta-qayta nishonlanib, bayram qilinadi; Yoxud u odamlarga shodlik olib kelgani uchun shunday nomlangan; Yo esa, xuddi karvonni yaxshi niyat bilan "qofila" ya’ni "qaytib keluvchi" deb nomlaganlari singari, bu kunga ham qayta yetishish nasib bo‘lishiga umid bog‘lab, nekbinlik yuzasidan «iyd» nomi berilgan.

 

 

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo'yicha  mas’ul xodim

J.To‘xtabayeva

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech