11/07/2025

Joriy yilning 11-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2025-yildagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-son Farmonining mazmun–mohiyatini tushuntirish bo'yicha ma’ruza qildi.
Xususan, Farmonga asosan 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e’lon qilindi, tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilashni yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan "yagona sanadan yangi qoidalar" tamoyili qo‘llanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi, 2028-yil 1-yanvarga qadar "Birinchi imkoniyat" tamoyili joriy etiladi va uning doirasida birinchi faoliyat yili davomida savdo va tadbirkorlik sohalariga oid ma’muriy huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan kichik tadbirkorlik subyektlari ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.