Aholining ro‘yhatga olish tarixi kamida 6000 yil bo‘lsada, bundan qadimgi Bobildan topilgan loy tahtalar dalolat beradi. Zamonaviy ma`noda aholini ro‘yhatga olish haqida esa faqat XVII asrning o‘rtalaridan boshlab gapirish mumkin. Tanlanma kuzatuvlar esa juda qisqa tarixga ega. An`anaviy ro‘yhatga olish oddiy aholi sonini bilish edi. Yillar mobaynida ijtimoiy –iqtisodiy hayotning boshqa sohalari haqida ma`lumot olish uchun asosiy demografik xususiyatlarga ehtiyojning ortishi bilan ularning miqyosi va qamrovi ham ortdi. Shunday qilib, ma`lumotlarga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi aholini ro’yhatga olish dasturida ko’plab savollarni kiritishni talab qildi. Qo’shimcha savollarning ortiqcha sonini kiritish haddan tashqari noqulay savolnoma varaq shakllarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin . Bu barcha to‘plangan ma`lumotlarning sifati to‘g’risida shubhalar paydo bo‘lishiga asos bo‘lishi mumkin . Haqiqatdan ham, bir vaqtning o‘zida bir nechta xususiyatlarni tekshirishning afzalliklari ma`lum darajada kamayishi mumkin, chunki respondent va ro‘yhatga oluvchi bir so‘rov davomida ko‘proq ma`lumot to‘plash bilan bog’liq qo‘shimcha ishni bajarish kerak bo‘ladi .