Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuygʻusini tarbiyalash, ularni Vatan maʼnosini teran anglab yetishga oʻrgatish, vatanparvarlik–yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish maʼnaviy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Eng avvalo halqning, fuqarolarning farovon hayotini, tinchlik-osoyishtalik hamda barqaror xotirjamligini, huzur–halovatini ta‘minlashda va himoyalashda vatanparvarlik tarbiyasi shakillantirish lozim. Vatan, el-yurtga bo‘lgan muhabbat, iymon-e’tiqod tuyg‘ularini singdirib borish bilan ta’lim-tarbiyaning ahamiyati benihoyat kattadir.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni oiladan boshlamoq kerak. Chunki oila jamiyatning bir boʻgʻinidir. Shunday ekan, jamiyatga kerakli kadrlarni oila yetkazib beradi. Oilada bola ulgʻayadi, oʻsadi. Ana shu voyaga yetish jarayonida oila maktabining oʻrni beqiyos. Oilaga, ota-onaga, yaqinlarga boʻlgan muhabbat, hurmat keyinchalik bir butunlik sifatida Vatan soʻzida mujassamlashadi. Shunday ekan, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar yoshlarni maʼnaviy yuksalishiga zamin yasaydi. Oilada bolalarimizga ertaklar aytayotganimizda ham milliy ertaklardan, afsonalardan, rivoyatlardan foydalanishimiz u yerdagi qahramonlarning mardlik, jasurlik, oʻz vatanini hech narsaga alishtirmaslik, uni bir parcha tuprogʻini ham muqaddas bilish lozimligini ajdodlarimiz maʼnaviy meroslaridan foydalangan holda uzviy olib borishimiz vatanimiz kelajagini mevasini yaratadi.