24/01/2024

 Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ma’naviy – ma’rifiy ishlarga davlatimiz siyosatining muhim ustivor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi. 

Yurtimizda mustaqillik shamollari esa boshlagan davrdanoq, kishilar ongi, dunyoqarashi , tafakkuri , maqsad va intilishlarida , bir so‘z bilan aytganda ma’naviy mafkuraviy olamida , ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan oʻzgarishlar paydo bo‘la boshladi. Chunki , mustaqillik , milliylik , vatanparvarlik darvozalarini ochib, insonlarni ezgulik sari boshladi .

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod etgan mutafakkirlarning faoliyati katta ahamiyat kasb etadi. Ular qoldirgan ma’naviy meros necha-necha avlodlarni ma’naviy-axloqiy kamolotga da’vat etib, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelmokda.

O‘sha davr allomalarining axloq-odob va estetika borasidagi dono fikrlari madaniyatimizni yanada ravnaq toptirishda, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishda, ularni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.

 

Eshit endi Vatan o‘g‘li mendin nasihat,

Qabul qilsang kelur boshingga davlat.

Vatan asli seningdur O‘zbekiston,

O‘g‘izdin qolmish erdi bu guliston.

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech