So'nggi yangiliklar
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning eng katta ulushi Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 79,4 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (76,8 %) va Buxoro (74,6 %) viloyatlarida kuzatildi.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 94852,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,4 % ini tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi tegishli davrda:
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 502,1 mln. dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,1 % ni tashkil etdi.
2022- yil yanvar-noyabr oylarida kompyuter dasturlashtirish bo‘yicha xizmatlarning yuqori o‘sishi Samarqand (53,2 %), Toshkent (39,1 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (42,5 %) kuzatildi.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng 71,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Uzoq masofaga qatnovchi poyezdlarga chipta narxlari noyabr oyida 2021-yilning dekabriga nisbatan 0,4 % ga arzonlashgan.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2022- yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 83 623 tani tashkil etgan boʻlib, ularning dinamikasi soʻnggi yillar kesimida qaralganda quyidagi koʻrinishda aks etdi:
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 14,4 ming tonna makaron va makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,1 % ni tashkil etdi.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-noyabr oylarida reklama va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 679,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar- noyabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 118,0 % ni tashkil etdi.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar- noyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 18 233,3 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2021-yilda kichik korxona va mikrofirmalarda ishlagan xodimlarga hisoblangan jami ish haqi koʻrinishidagi daromadlar miqdori 21258,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan boʻlib, mos ravishda 2020-yilga nisbatan 5740 mlrd. soʻmgan yoki 137,0 % oʻsish qayd etilgan. Jami hisoblangan ish haqi koʻrinishidagi daromadlarning 4622,2 mlrd. soʻmi yoki jami ish haqi fondining 21,7 % kichik korxona va mikrofirmalarda faoliyat olib borgan ayollar uchun toʻlangan.
Joriy yilning noyabr oyida restoranlar va mehmonxonalar xizmatlari narxlari 2021-yilning noyabriga nisbatan 22,5 % ga oshib, kuzatiladigan boshqa sohalar orasida narxlar oshishi boʻyicha yetakchilik qildi.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni (15 497 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan boʻlib, ularning soʻngi yillar kesimidagi oʻsish dinamikasi quyidagicha koʻrinishni hosil qildi:
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 553,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu xizmat turning jami hajmida Toshkent shahrining ulushi 61,3 % (4 018,6 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda 2022-yil yanvar-noyabr oylarida jami 1 125 dona avtobus ishlab chiqarilgan.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar- noyabr oylarida, bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 68,7 %i yoki 79 055,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 5,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,4 ming tonna apelsin import qilingan.
04/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2021-yil yakunlariga koʻra kichik korxona va mikrofirmalarda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni 36 472 tani tashkil etib, 2020-yilga nisbatan mos ravishda 177 taga koʻpaygan. Shuningdek, ayollar rahbarligidagi korxonalar soni jami hisobot taqdim etgan kichik korxona va mikrofirmalardagi ulushi, 11,3 % ni tashkil etgan.
356-sahifa 387 dan




