So'nggi yangiliklar

2022- yil yanvar-dekabr  oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi. Jami qurilish ishlarining 68,6 % i yoki 89695,5 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida yo‘lovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 96,0 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Surxondaryo viloyatida – 98,8 % ni tashkil qildi.

2023-yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini (592 371 ta) tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi:

 “Statistika” integrallashgan portali ishlab chiqildi va sinov rejimida ishga tushirildi. Statistika portaliga o’tish uchun havola siat.stat.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2568,2 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 88,9 % ini tashkil qildi.  Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi tegishli davrda:

2022-yilning 12 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 10,1 ming tonnani tashkil etib, bu esa 2021-yil davomida joʻnatilgan yuklar hajmidan 10,8 ga koʻp.

2023-yil 1- yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 182 917 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan. So‘nggi besh yilda savdo korxonalari qanchaga ko‘payib borganini quyida ko‘rishimiz mumkin:

2022-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy davlatlar fuqarolari soni jami 5 232,8 ming nafarni tashkil etdi. MDH davlatlaridan 4 965,9 ming chet el fuqarolari tashrif buyurib, bu jami kelganlarning 94,8 % ini tashkil etdi, boshqa davlatlardan – 266,9 ming kishi (yoki 5,2 %) tashrif buyurgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalarning hajmi 15,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 24- yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida    kichik tadbirkorlik (biznes)da tashqi savdo aylanmasi hajmi 14570,0 mln.AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 129,2 % ni tashkil etdi, shu jumladan:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra,  2022-yilning yanvar-dekabr oylarida  Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

2022- yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 5 656 tani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 2 312 taga kamaydi va 71,0 foizni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, Andijon viloyatida jami 6738,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-dekyabr oylariga nisbatan 107,2 % ni tashkil etdi.

Joriy davrda 14758,6 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 119,9 % ni taskil etdi.

2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni (15 801 ta), 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 14 464 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 145,9 % ni tashkil etdi.

Surxondaryo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2191,7 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 90,6 % ni tashkil qildi.  Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi tegishli davrda: