03/05/2024

     Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari A. A. Ikramov hamda Statistika agentligi Xalqaro hamkorlik va Axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O.T. Mamadaliyev va Andijon viloyati Statistika Boshqarmasi boshlig‘I N. G‘. To‘xtaboyevlar hududlarda yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlash bo‘yicha hududlarda 12-narx sanoat shakli (oylik) statistika kuzatuvlari olib borilmoqda.

     Shuningdek kuzatuv mobaynida Andijon tumanidagi Farmatseftika ishlab chiqarish korxonasi “Malika laboratories” MCHJ hamda “Zamin bio health” MCHJlarda kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuv davomida korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish narxi hamda sotish harajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olindi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech