O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 22- dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Terrorchilik harakatlari xavfi tug‘ilganda yoki sodir etilganda harakat qilish qoidalari.» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarmaning texnika xavfsizligi va fuqaro muxofazasi 2–toifali muhandisi B. Asrankulov so‘zga chiqib, o‘quv mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Mazkur o‘quv mashg‘uloti savol–javob tarzida ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi.
Axborot xizmati