Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i
Novik Vladimir Kuzmich 1956 yil 3 fevralda Andijon viloyati Bo'z tumanida tug’ilgan. Malumoti oliy 1978 yil Farg’ona politexnika institutining “Muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 1978-1980 yillar Harbiy xizmatda bo'lgan.
O’z ish faoliyatini Ulug’nor tumani Maishiy xizmat ko’rsatish kombinati bosh muhandisi lavozimidan boshlagan.
1981-1984 yillar – Ulug’nor tumani Yoshlar qo’mitasi 2-kotibi, 1-kotibi, 1984-1985 yillar – Andijon viloyati partiya qo’mitasi sho’basi boshlig’i, 1985-1988 yillar - Ulug’nor tumani Yoshlar qo’mitasi 2-kotibi, 1988-1990 yillar -Leningrad oily partiya maktabi tinglovchisi, 1990-1991 yillar - Andijon viloyati partiya qo’mitasi yo’riqchisi, 1991-1993 yillar – Savdo, umumiy ovqatlanish va matlubot kooperatsiya xodimlari viloyat kasaba uyushma qo’mitasi raisi o’rinbosari, 1993-1997 yillar – Viloyat istiqbolni belgilash va Statistika bosh boshqarmasi sanoat va kommunikatsiyalarni tahlil qilish bo’limi boshli’gi, boshqarma boshlig’i o’rinbosari industrial va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi boshlig'i lavozimlarida ishlagan.
1997-2004 yillar - Andijon viloyati hokimligi Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, 2004-2006 yillar - Andijon viloyati hokimligi Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari, 2006 yildan buyon Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.