So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-avgust oylarida 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan viloyatning Andijon shahri (11,0 %), Bo‘ston (8,3 %), Izboskan (9,1 %) va Jalaquduq (14,2 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yanvar-avgust holatiga koʻra, 793,1 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 690,2 mln AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 102,9 mln AQSh dollari qiymatida qayd etildi.

2022-yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 2023-yilning yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 537,0 mlrd so‘mga oshib, 2 821,6 mlrd so‘mga yetdi. Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 21,1 foizni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur‘ati 112,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 208,9 tonna daftar ishlab chiqarilgan. Mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,6 martaga oshgan. 2023-yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 55 tonna daftar ishlab chiqarilgan.

2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 6 401,4 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 65,4 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,3% ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 194,3 mlrd so‘mlik ishlar bajarilib, jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 6,0 % ni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan "Aholini ro‘yxatga olish haftaligi - 2023: aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi" tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 26–28-sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati – Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 26-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev Xo‘jaobod tumani statistika bo‘limi mas’ul xodimi bilan birgalikda Xo‘jaobod tumanida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazdilar. 

Andijon viloyatining boshqa xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 25,5 % ga ko‘paydi va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 75,5 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining hajmi 8 738,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 65,4 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 26-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev, Xo‘jaobod tumani statistika bo‘limi mas’ul xodimi bilan birgalikda Xo‘jaobod tumanida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazdilar. 

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 68,5 % (yoki 3 244,2 mlrd so‘m) aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa jtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Joriy yilning 26-sentabr kuni Andijon viloyati  statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo֥‘limi mutaxassisi G.Mo‘minova tomonidan Oltinko‘l tumani Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida uy xo‘jaligi kuzatuvi o‘tkazildi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 40 458,4 mlrd so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 97,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,7 ming tonna uzum (2022-yilning yanvar-iyunga nisbatan 12,3 % ga ko‘p) yetishtirildi. 

Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va istirohat bog‘lariga yil davomida 367,0 ming nafar aholi madaniy dam olish maqsadida tashrif buyurgan. Jami tashrif buyyrganlarning 286,1 ming nafarini yoki 78,0 % ni bolalar tashkil etadi.

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha tibbiyot muassasalarida jami 8 275 nafar shifokorlar xizmat ko‘rsatgan. Jami shifokorlardan 3 452 nafari yoki 58,3 % ni erkak va qolgan 3 643 nafarini yoki 41,7 % ni ayol shifokorlar tashkil etadi.