So'nggi yangiliklar

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 765 tani tashkil etdi. Mulkchilik shakliga ko‘ra ulardan 549 tasi yoki 71,8 % davlat va qolgan 216 tasi yoki 28,2% nodavlat MTT lari hisoblanadi.

Hududiy kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlarining ulushi Andijon shahrida (27,2 foiz), Asaka (8,8 foiz), Andijon (8,0 foiz), Shahrixon (7,1 foiz) va Baliqchi (5,4 foiz) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 394,4 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan. 

2023-yilning yanvar-avgust oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 12 826,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 6,2 % ga o‘sgan.

Viloyatda tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Asaka tumani 65,8 % ulush bilan 2 124,5 mln AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Ulug‘nor tumani 0,4 % ulush bilan 13,7 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy sonining (24 149 birlik) 61,9 foizi yoki 14 959 birligi xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatadi. 

Respublikamizda 2023-yil 1-sentabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Andijon shahri (2 189,1 mlrd. so‘m), Shahrixon (1151,1 mlrd. so‘m), Asaka (738,4 mlrd. so‘m)

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Andijon viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma'lumot

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Asaka tumanida 68 095,0 ming so‘m, Xonobod shahrida 38 433,2 ming so‘m, Xo‘jaobod tumanida 12 572,0 ming so‘m hamda Andijon shahrida 12 253,2 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston davlatlari shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2023-yil yanvar-avgust oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 000,1 ming so‘mga yetdi. 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 105,9 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Andijon shahri (2 189,1 mlrd. so‘m), Shahrixon (1151,1 mlrd. so‘m), Asaka (738,4 mlrd. so‘m), Qo`rg’ontepa (605,1 mlrd. so‘m)

2023-yilning yanvar-avgust oylarida shahar va tumanlar kesimida xususan, Andijon shahri (1 681,0 mlrd so‘m), Andijon tumani (562,1 mlrd so‘m) va Shahrixon tumanida (338,4 mlrd so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 246,8 ming tonna meva va rezavorlar (2022-yilning yanvar-iyunga nisbatan 100,9 % ga ko‘p) yetishtirildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 41 357,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,6 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyati bo‘yicha korxona va tashkilotlar iqtisodiy faoliyat turlariga qarab ajratib olinadi. Ularda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha joriy qilingan texnologik innovatsiyalar soni asosan Qishloq o`rmon va baliqchilik xo`jaligi to‘g‘ri kelib, jami soniga nisbatan 100 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida tashish va saqlash sohasida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 111 tadan 144 taga (o‘sish 33 taga), qurilishda – 182 tadan 204 taga (o‘sish 22 taga) ko‘paydi.