So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yil yanvar-avgust oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 550,2 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,1 % ni tashkil etdi.

 Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Andijon viloyatida jami 3450 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati 2020- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 108,2 % ni tashkil etdi.

 Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021-yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 19 795,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020-yilning yanvar-avgust oylariiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 91,8 % ni tashkil etd

Xoʼjaobod tumanida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari amalga oshiriladigan aholini sinov tariqasida roʼyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʼrish maqsadida aholini roʼyxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar bilan suxbat oʼtkazish jarayoni.

 2021/2022 – o‘quv yili boshiga Statistika organlariga taqdim etiladigan “Umumta’lim muassasasining o‘quv yili boshiga” 1 – umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini 2021-yil 4-oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

 O‘tgan yili BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Davlat statistika qo‘mitasining aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha imkoniyatlarini ijobiy baholadi. Shundan so‘ng bu sohaga doir ko‘plab anjuman va uchrashuvlar o‘tkazildi. Chet el tajribasi o‘rganildi.

Joriy yilning 7-sentyabr kuni Andijon viloyati  Xalq ta’limi boshqarmasi  va Andijon viloyati statistika boshqarmasining Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

    Joriy yilning 7- sentabr kuni Davlat statistikasi qo‘mitasi  raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich Andijon viloyati statistika boshqarmasida yillar davomida statistika sohasida mehnat qilayotgan mehnat faxriylarni Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan ko‘krak nishonini topshirdi. Boshqarmaning yangi yosh rahbar kadrlarini ham taqdirlab, o‘z ish foaliyatidan mahorat darsi hamda  motivatision seminar o‘tib berdi.  

Joriy yilning 6- sentabr kuni Davlat statistikasi qo‘mitasi  raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich  Andijon viloyati statistika boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazdi.

 Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma'lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

 Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!

 Prezidentimizning 2021- yil 24- maydagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yangilanishlarni oʻz ijod namunalarida aks ettirayotgan Asaka tumani statistika bo‘limi boshlig‘i- Bozarbaev Zafarbek Zaynobidinovich, Izboskan tumani statistika bo‘limi boshilig‘I - Rejabov Xusanboy Shaxobjonovich, Ulug‘nor tumani statistika bo‘limi boshilig‘i - Raximov Xusanboy Maripovich, Paxtaobod tumani statistika bo‘limi boshilig‘i - Muxtorov Tolibjon Kobilovich Andijon statistika boshqarmasi jamoasida ham hurmat-ehtiromga ega.

 Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

 Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan, Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida Xo'jaobod tumanidagi belgilab berilgan hududda boshqarma xodimlari obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 12- avgustdagi 455-F sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 21- avgust kuni Respublika miqyosida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari Andijon viloyati statistika boshqarmasi barcha xodimlari umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.

 Yusupov Muxiddin Maxamadaminovich Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Yusupov Muxiddin Maxamadaminovich 1986-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy 2009-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti hamda 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tamomlagan. Tayinlovga qadar  Yusupov Muxiddin Maxamadaminovich  Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimligi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi yangi lavozim bilan tabriklaydi.

 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar: