So'nggi yangiliklar
18/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 18- mart kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev rahbarligidagi boshqarmaning bir guruh xodimlari YANGI ANDIJON massivida “Yashil makon” umummilliy loyihasi” qolaversa Hukumatimiz tomonidan e’lon qilingan “Umumxalq xayriya hasharida” faol ishtirok etmoqdalar.
Hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, bino ichlari, boshqarmaga tegishli joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, maqsadida o‘tkazilmoqda.
Jonajon yurtimiz – O‘zbekistonimizga yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.
Joriy yil 17- mart kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari M.Yusupov va kuzatuvga mas'ul xodim ishtirokida Jalaquduq tumanida sanoat sohasidagi YATT kuzatuvlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari M.Yusupov va Jalaquduq tuman statistika bo’limi mutaxassislari tomonidan aholiga yakka tartibda xizmat ko'rsatuvchi yengil avtotransport vositalari kuzatuvi olib borildi.
17/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 2 498 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 585 taga (19,0%) kamaygan.
17/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023-yilning yanvar-fevral oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 346 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
17/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 440,5 ming juft kalish ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,0 martaga oshgan.
17/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulaylik va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2022-yil yakunlari uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2023-yilning 27-fevral kuniga qadar taqdim etiladigan 1-kb shakli (uning ilovalarini qoʻshgan holda) va 1-fx shakli yillik statistika hisobotlari 3-mart sanasiga qadar uzaytirildi.
17/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, sugʻurta xizmatlari hajmi 361,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,9 % ni tashkil etdi.
17/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:
2022- yilda Toshkent shahrida kichik tadbirkorlikda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 38904,8 milliard so‘mni tashkil etdi. So‘nggi uch yilda Toshkent shahrida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining ijobiy o‘sish dinamikasini kuzatamiz. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2020- yilga nisbatan 155,0 %ga ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin.
17/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning fevral oyida oʻsimlik yogʻlari narxida pasayish kuzatildi. Respublika boʻyicha ularning narxlari oʻrtacha 1,6 % ga, shu jumladan, paxta yogʻi 1,9 % ga, kungaboqar yogʻi 1,3 % ga arzonlashdi.
16/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar oyi natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 91,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 145,6 % ni tashkil etdi.
16/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida bo‘yicha jami 2131,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2052,5 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan 96,3 % ni tashkil etdi. Qolgan 78,7 mlrd. so‘m yoki 3,7 % i boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar va xizmatlar import hajmi 15,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. So‘nggi 5 yilning dinamikasiga ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlarining import hajmi 2022- yilda 2017- yilga nisbatan 1,4 martaga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilning fevral oyida goʻsht narxida pasayish kuzatildi. Oy davomida mol goʻshti 0,5-1,2 % atrofida, qoʻy goʻshti 0,7 % ga arzonlashdi.
16/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 31,3 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5-martaga oshgan.
1-sahifa 76 dan