So'nggi yangiliklar

 Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.2021- yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy transfertlar tarkibida pensiyalar 77,8 % ni, nafaqalar 20,4 % ni, stipendiyalar 1,8 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Andijonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 756,6  nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

  2021- yilning yanvar-dekabrida kichik biznes subyektlarining soni har 1000 aholiga tuman va shaharlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Ulug‘nor tumanida 24,5 birlik, Andijon shahrida 24,3 birlik, Xo‘jaobod tumanida 19,1 birlik, Xonobod shahrida 17,4 birlik, Bo‘ston tumanida 17,2 birlik, Baliqchi tumanida 13,5 birlik, Asaka tumanida 13,0 birlikni tashkil etgan. Shahrixon tumanida esa ushbu ko‘rsatkich eng past bo‘lib, 9,2 birlikka to‘g‘ri keldi.

Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021- yil yanvar-dekabr holatiga koʻra 1 011,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport – 768,9 mln. AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import – 242,1 mln. AQSH dollari qiymatida qayd etildi.

 Joriy davrda 12143,7 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ni tashkil etdi. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1410,8 mlrd. so‘m yoki jami investisiyalar hajmining 11,6 % va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 111,0 % o‘zlashtirildi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 10732,9 mlrd. so‘m yoki jami investisiyalar hajmining 88,4 % va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 87,9 % o‘zlashtirildi.

 Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan 2021- yilning yanvar-dekabr oylari uchun “ Andijon viloyatida maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zonasi, texnopark va klasterlar faoliyati” press-relizi shakllantirilib, qo‘mita veb-saytining “Nashrlar” bo‘limida quyidagi manzil boʻyicha joylashtirildi: www.andstat.uz/uz/nashrlar/press-relizlar

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da eksportning  umumiy hajmiga nisbatan 22,3% ni tashkil etdi, shu jumladan:

kichik korxonalar                          12,2 %

mikrofirmalar                               9,9 %

yakka tartibdagi tadbirkorlar          0,3 %

Andijon viloyati statistika boshqarmasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida viloyat bo‘yicha 1769  ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda 17 663 tonna baliq ovlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021--yilda Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 43.790,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2020--yildagi narxlarga nisbatan 109,1 % ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Andijon viloyatining qo‘shgan hissasi 6,0 % ga yetdi.

 Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.

Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar–dekabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 476,9 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari va kiyim quritish mashinalari ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 87,7 % ni tashkil qilgan.

 2022- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda jami 56 547 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 52 906 tasi faoliyat yuritmoqda.

2021-yil yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyati jami xizmatlari tarkibining katta qismi savdo xizmatlariga tegishli bo‘lib, ularning ulushi – 30,1 % yoki 4 501,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 Notijorat   tashkilotining faoliyati to‘g‘risidagi 2021-yil yakuni  bo‘yicha 1-notijorat shakli davlat statistik hisobotini 2022- yilning  15- fevral sanasidan kechiktirmay, elektron raqamli imzo (ERI) dan foydalanilgan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi eStat4.0 (http:hisobot.stat.uz/login) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

 Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o’zini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug’)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdi.

 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning eng yuqori o`sish sur`ati Xorazm viloyatida kuzatilib, 2020- yilga nisbatan 144,2 %ni tashkil etdi. Shuningdek bu ko‘rsatkich Buxoro viloyatida 136,4 % va Toshkent viloyatida 119,1 % darajasida qayd etildi. Bu ko`rsatkich bo`yicha eng past o‘sish Qashqadaryo viloyatida kuzatilib, 2020- yilga nisbatan 72,7 % ni tashkil etdi.

2021- yil yakuni bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay Estat.4.0 dasturi orqali elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz: