03/02/2022

2021- yil yakuni bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay Estat.4.0 dasturi orqali elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil
    11- oktabrdagi 10-mb son qarori 108- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Mikrofirma va kichik korxonaning 2021- yil uchun hisoboti”
    1-kb shakli” (yillik)ni 25 fevraldan kechiktirmay;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil
    11- oktabrdagi 10-mb son qarori 35- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2021- yil uchun hisobot”ni 25- fevraldan kechiktirmay;

 

Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 224-82-48

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech