So'nggi yangiliklar

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 11 oyida O‘zbekiston 11 ta davlatga qiymati 9 mln. AQSH dollariga 56,8 ming tonna sabzi eksport qilgan.
📌 Sabzi eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,9 ming tonnaga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar:

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 11 oyida hududlar kesimida uzum eksporti:

 Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 41 592 dona “Lacetti-Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan.Yillar kesimida ishlab chiqarilgan “Lacetti-Gentra” avtomobillari soni(yanvar-noyabr holatiga):
2019- yil — 40 392 ta
2020- yil — 45 835 ta
2021- yil — 41 592 ta

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 108 tani tashkil etdi.

Ma’lumot uchun:

2010- yilda – 99 ta

2015- yilda  –  101 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 73,8 % ni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 4,6 % ni tashkil etdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 21- dekabrdagi “Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-56-sonli qaroriga asosan, 2021 yil davomida “Temir daftar”da bo‘lgan, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor hamda 18 yoshgacha bolalari uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarning har biriga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ajratilishi belgilangan.

 2021- yil 1- dekabr holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 34 932 tasi yoki 86,5 foizi tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelib, oʻsish surʼatlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 109,5 foizni tashkil etdi.

 Qayd etish kerakki, sanoat tarmogʻi iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega boʻlgan tarmoqlardan hisoblanadi. Shunday qilib, soʻnggi uch yil ichida milliy iqtisodiyotda faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari sonining oʻsish surʼati 167,0 foizni tashkil etdi. Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 22,9 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan – 96,3 foizini ishlab chiqarish sanoati (oʻtgan yilga nisbatan oʻsish 110,2 %), 1,5 foizini togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (oʻsish 119,0 %), 0,4 foizini elektr, gaz bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash (71,4 % ni) va 1,8 foizini suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish (oʻsish 103,8 %) tashkil etgan.

 Maktabgacha  ta’lim  tashkilotining 2021-yil yakuni        bo‘yicha 1-maktabgacha ta’lim shakli davlat statistik hisobotini 2022-yilning  18-yanvar sanasidan kechiktirmay, elektron raqamli imzo (ERI) dan foydalanilgan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi eStat4.0 (hisobot.stat.uz) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

 Baliqchi tumani   Pensiya jamg'armasida davra suhbati davomida O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2019-yil 5-fevraldagi  PF-5655–sonli farmoni  mazmun  mohiyati , aholini ro’yxatga  olish tartibi,  tarixi,  normativ – huquqiy  xujjatlari, aholini ro’yxatga olish bosqichlari, aholini ro’yxatga olishdan keyin kutilayotgan  natijalar  tog’risida  tushunchalar  berildi.

 Andijon viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2019-yil 5-fevraldagi  PF-5655–sonli farmoni  mazmun  mohiyati , aholini ro’yxatga  olish tartibi,  tarixi,  normativ – huquqiy  xujjatlari, aholini ro’yxatga olish bosqichlari, aholini ro’yxatga olishdan keyin kutilayotgan  natijalar  tog’risida  tushunchalar  berildi.

Bo'ston tumani Abu Ali Ibn Sino nomli tibbiyot texnikumida seminar o'tkazildi.

 Bo'ston tuman statistika bo'limi ma'sullari ishtirokida   Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi” qarorini mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida o'quv seminari tashkil qilindi.

 Qo'rg'ontepa tuman bandlikka ko'maklashish markazida tuman statistika bo'limi ma'sullari ishtirokida   Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi” qarorini mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida o'quv seminari tashkil qilindi.

 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi” qaroriga asosan Аndijon viloyatining Izboskan tumani, M Ulugbek mfy Kichik daxadasida tuman statistika bo'limi ma'sullari ishtirokida aholiga targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli hamda 2020-yil 20-oktyabrdagi “2020-2030-yillarda davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida seminar tashkil etildi.