So'nggi yangiliklar

So‘nggi 5 yillikda (2019-2023-yillar) chakana savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’ati 2021-yilda kuzatildi. Bunda chakana savdo tovar aylanmasi eng yuqori o‘sish 2022- yilga tog‘ri kelib, 110,5 % ni tashkil qilgan.

Andijon viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 746,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport hajmi 647,8 mln AQSh dollari, import hajmi esa 99,0 mln AQSh dollariga yetdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari ulushi 84,4 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 15 402,1 milliard so‘mni yoki jami Qishloq xo‘jaligi hajmining 98,2 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 113,6 % ni tashkil qildi.

Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1 154,5 mlrd so‘m yoki ularning jami yangi qurilish ishlariga nisbatan ulushi 35,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 11 376,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,2 % bo‘ldi.

Jami ishlab chiqarish sanoati tarkibida avtotransport vositalari, treyler, yarim tirkamalar ishlab chiqarish sohasining ulushi – 65,6 % (2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,0 %)

Hurmatli Yangiyev Dilmurodjon Maxammatovich!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi barcha xodimlari va Andijon viloyati statistika boshqarmasi  jamoasi nomidan Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz !

2023-yilning yanvar-avgust oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 163,8 ming dona yengil avtomobil chiqarilib 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 16,5 % ga oshgan.

Joriy yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarining hajmi 6 471,4 mlrd so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 42,9 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari soni 21 tani tashki etdi. Ulardan 4 tasi viloyat markazi Andijon shahrida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 329,5 gektardan iborat.

2022-yil yakuni bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘z faoliyatini olib borayotgan jami 8 275 nafar shifokorlar sonini o‘tgan 2018– yil bilan taqqoslasak ular soni 943 nafarga yoki 12,9 % ga ko‘payganligini kuzatish mumkin.

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 765 tani (nodavlat MTT ni qo‘shgan holda) tashkil etdi. 

2023-yil 27-sentabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Turakulov tomonidan  Andijon shahar Nodirabegim mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 18,6 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan – 95,5 foizini ishlab chiqarish sanoati, 1,8 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish, 2,2 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash hamda 0,5 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashki etgan.

2023-yil 27-sentabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Izbosarov tomonidan  Andijon shahar Qoratut mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Аndijon viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 66,8 % ni tashkil etdi.