26/09/2023

Joriy yilning 26-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev Xo‘jaobod tumani statistika bo‘limi mas’ul xodimi bilan birgalikda Xo‘jaobod tumanida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazdilar. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirilib, joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech