So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 13 019 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 822 tasi qo‘shma va 8 197 tasi xorijiy korxonalardir. Sohalar kesimida esa ular quyidagicha taqsimlandi:

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 247,2 ming tonna kartoshka (2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 101,7 % ga ko‘p) yetishtirildi. 

2022/2023 o‘quv yili boshiga Andijon viloyatida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 58 312 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarining  dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi  21,2 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 20,1 %ni tashkil etgan.

2023-yilning 27–29-noyabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning yildan-yilga investitsiya va ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib borayotgani namoyon bo‘lmoqda.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 16 299,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-oktabr oyiga nisbatan 106,0 % ga yetdi.

28–29-noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida Rossiya statistika assotsiatsiyasi, MDH Statistika qoʻmitasi, Milliy tadqiqot universitetining Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Samarali muloqot strategiyasi, shuningdek, keng qamrovli reklama va axborot kompaniyalari muvaffaqiyatli ro‘yxatga olishni taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi. 

Andijon viloyati jahonning 80 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Koreya Respublikasida (28,2 %), XXRda (26,4 %), Qozog‘istonda (11,5 %), Rossiya Federatsiyasida (6,5 %), Qirgʻiz Respublikasida (4,7%) va Braziliyada (4,7 %) qayd etilgan.

Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Andijon shahrining ulushi 29,7 foizni yoki 1 109,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan Andijon shahrida yuqori o‘sish sur’ati 117,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida, Andijon viloyatida jami 5 970,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 851,2 ming boshni (2022-yil 1-oktabr holatiga nisbatan 102,0 %), shundan, sigirlar – 4 942,6 ming boshni (101,6 %), qoʻy va echkilar – 23 850,7 ming boshni (102,3 %), otlar – 271,8 ming boshni (102,9 %) hamda parrandalar – 97 166,8 ming boshni (106,5 %) tashkil etdi.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 608 930 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) etib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,0 %ni tashkil etdi. Ularning so’nggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 54 530,0 mlrd. so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 98,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 95,5 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,6 %ga oshgan. 

2023-yil 1-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Oʻz  hayotingni asra! va “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” mavzularida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. 

Kun tartibidagi o‘quv-seminar yig‘ilishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-son Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan axboroti tinglandi.