So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1295,5 ming tonna sabzavotlar (2022- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 100,5 %_ga ko‘p) yetishtirildi.

Andijon viloyatida tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Marxamat (14998,2 ming so‘m), Andijon shahar (3398,9 ming so‘m), Oltinko‘l (1033,5 ming so‘m) hamda Izboskan (991,0 ming so‘m) tumanlarida kuzatildi.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 3 762 tani tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 3 308 ta, oilaviy korxonalar 214 ta, xususiy korxonalar 60 tani tashkil etgan.

Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-sentabr oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 280,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi. 

Andijon viloyatining 2023-yil yanvar-sentabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlari Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, XXR, Turkiya, Belarus va Tojikiston kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 95,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida jami  51,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.Oʻzbekistonga 10 oyda tijorat maqsadida tashrif buyurgan eng koʻp  davlatlar fuqarolari:

Andijon viloyatida 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, “Axborot va aloqa” faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni 424 birlikka yetdi, shundan 415 birligi (umumiy sonining 97,9 %) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 213,8 tonna daftarlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Andijon shahri (1 836,1 mlrd. so‘m), Xo‘jaobod (1 111,7 mlrd. soʻm), Shahrixon (1 056,0 mlrd. soʻm), Qo‘rg‘otepa (921,8 mlrd. soʻm), Baliqchi (904,0 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Oltinko‘l tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 25,6 %), Xonobod shahrida (26,2 %) va Andijon tumanida (21,4 %)da kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 666,4 tonna gʻildirak ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,5 % ga oshgan. 

Andijon viloyatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2023-yil yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 296,9 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,6% ini) tashkil etdi.

Akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar diqqatiga!

Joriy yilning 17-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya-kelajak kushandasi boʻlibgina qolmay umr zavoli hamdir ” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

2023-yil 17-noyabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Izbosarov tomonidan  Andijon shahar Uyg‘urobod MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

2023-yil 17-noyabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B.G‘ulomjonov  tomonidan  Shahrixon tumani Yangi hayot MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 17 388,8 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 59,5 % ni tashkil qildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,7 % ni, fizik hajm indeksi 116,5 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 324,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.