20/11/2023

Akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 66-son ilovasi bilan tasdiqlangan “2023/2024 o‘quv yili boshiga boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar” “1 o‘rta ta’lim shakli” yillik hisobotini 11-dekabr sanasidan kechiktirmay topshirishingiz so‘raladi.

Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

 

Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-63

Andijon viloyati statistika boshqarmasi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech