So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida shahar va tumanlar kesimida, xususan, Andijon shahri (2283,7 mlrd. so‘m), Andijon tumani (784,8 mlrd. so‘m) va Shahrixon tumanida (454,9 mlrd. so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 63 457,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 25-dekabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Izbosorov tomonidan  Andijon shahri Mirpo‘stin MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

Joriy yilning 25-dekabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Turaqulov tomonidan  Jalaquduq tumani Dostonobod MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

Joriy yilning 25-dekabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B. G‘ulomjonov tomonidan  Qo‘rg‘ontepa tumani Jomiy MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8 955 tonna (2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 114,6 % ga ko‘p) baliq ovlandi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023-yil 1-dekabr holatiga 25 044 taga yetdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi:

2023-yilning yanvar-noyabr oyida Andijon viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 18 615,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 106,4 % ga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 984,9 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 685,6 ming tonna sut (2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 103,3 % ga ko‘p) sog‘ib olindi. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 972,1 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasidagi eksport hajmi 1 077,2 mln. AQSh dollariga (4,1 % ga kamaydi) va import hajmi 3 483,2 mln. AQSh dollariga (28,1 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida 2 406,0 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlari hajmi 3 196,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlari ustunlik qiladi – 19,8 %. Andijon shahrida transport xizmatlari hajmi 1 521,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Mazkur hududda transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 104,5 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, Andijon viloyatida jami 6 615,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 3 913 ta bo‘lib, shundan:

Andijon viloyatida 2023-yil 1-dekabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 6 015 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 21 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 5 994 tani tashkil qildi.

2023-yil yanvar-noyabr oylarilarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 4 560,7 mln. AQSh dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 716,8 mln. AQSh dollariga yoki 18,7 % ga ko‘paydi.