So'nggi yangiliklar

2022/2023- o‘quv yili boshiga Andijon viloyati oliy ta’lim tashkilotlarida xizmat qilayotgan jami 2580 nafar professor-o‘qituvchilardan 1434 nafari yoki (55, 6) % ni erkaklar va qolgan 1146 (44,4 %) ni ayollar tashkil etadi. 

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan hayvonot bog‘ining umumiy maydoni 5 gektardan iborat bo‘lib, unda 52 xil turdagi 366 ta hayvonot va 33 turdagi 3 250 tup o‘simliklar mavjud. 

2022-yil yakuni bo‘yicha viloyatdagi ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 577 tadan iborat bo‘lib, o‘tgan 2018-yil bilan taqqoslaganda ular soni 149 taga yoki 34,8 % ga ko‘paygan.

2022- yilda viloyatimizda tayanch doktoranturasi mavjud tashkilotlarning umumiy soni 5 tani tashkil etib, ulardan 1 tasi ilmiy tashkilotlar va 4 tasi oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 319,6 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 3,2 foiz ulushini tashkil etdi. 

2023- yilning yanvar-iyul oyida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 355,6 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5-martaga oshgan. 

Andijon viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 642,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport hajmi 554,1 mln AQSh dollari, import hajmi esa 88,1 mln AQSh dollariga yetdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 82,1 % ni tashkil etdi.

2023 - yil yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 23,3 % ni tashkil etdi.

Fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Oltinko‘l tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 25,0 %), Xonobod shahrida (25,6 %) va Andijon tumanida (20,9 %)da kuzatildi

2023- yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 67,5 %, fizik hajm indeksi 37,0 % ga kamaydi hamda ishlab chiqarish hajmi 22 295,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi

Statistika hisobotlarini taqdim etish intizomini yanada mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 12-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi viloyat maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda o'quv-seminari o'tkazildi.

2023- yilning yanvar-iyul oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

2023- yil yanvar-iyul oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, XXR, Turkiya, Tojikiston va Belarus kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 94,8 % ni tashkil etdi.

Ambulatoriya-poliklinika muassasalarida 2022-yil davomida jami 2328,7 ming kasalliklar qayd etildi. Ulardan 18 va undan yuqori yoshdagilar soni 64,0 % ni, 15-17-yoshdagilar 7,8 % ni, 14-yoshdagilar 28,2 % ni tashkil etdi.

2022-yilda Andijon viloyati bo‘yicha tayanch doktorantura institutlarida tahsil oluvchilar soni 304 tani tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 195 taga ko‘paygan.