So'nggi yangiliklar

Avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo bo‘yicha xizmatlar 82,1 % tashil etdi.

xtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 0,9 % punktga ko‘paydi va 1,1 % ni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,3 % ni, fizik hajm indeksi 156,5 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 420,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha tashilgan yuk aylanmasining yuqori ulushi bo‘yicha yetakchi o‘rinni Andijon (44,2 %) shahri egalladi. Shu bilan birga Asaka (7,5 %) va Andijon (6,5 %) tumanlarida kuzatildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 579,0 ming tonna sabzavotlar (2022- yilning yanvar-iyunga nisbatan 100,1 % ga kam) ishlab chiqarildi. 

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’lim (6 406,5 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’lim (1 650,3 ming so‘m)da kuzatildi

2022/2023- o‘quv yili boshiga Andijon viloyati oliy ta’lim tashkilotlarida xizmat qilayotgan jami 2580 nafar professor-o‘qituvchilardan 1434 nafari yoki (55, 6) % ni erkaklar va qolgan 1146 (44,4 %) ni ayollar tashkil etadi. 

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan hayvonot bog‘ining umumiy maydoni 5 gektardan iborat bo‘lib, unda 52 xil turdagi 366 ta hayvonot va 33 turdagi 3 250 tup o‘simliklar mavjud. 

2022-yil yakuni bo‘yicha viloyatdagi ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 577 tadan iborat bo‘lib, o‘tgan 2018-yil bilan taqqoslaganda ular soni 149 taga yoki 34,8 % ga ko‘paygan.

2022- yilda viloyatimizda tayanch doktoranturasi mavjud tashkilotlarning umumiy soni 5 tani tashkil etib, ulardan 1 tasi ilmiy tashkilotlar va 4 tasi oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 319,6 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 3,2 foiz ulushini tashkil etdi. 

2023- yilning yanvar-iyul oyida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 355,6 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5-martaga oshgan. 

Andijon viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 642,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport hajmi 554,1 mln AQSh dollari, import hajmi esa 88,1 mln AQSh dollariga yetdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 82,1 % ni tashkil etdi.

2023 - yil yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 23,3 % ni tashkil etdi.

Fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Oltinko‘l tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 25,0 %), Xonobod shahrida (25,6 %) va Andijon tumanida (20,9 %)da kuzatildi