13/01/2022

 Aholini ro‘yhatga olish Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasiga asosan mustaqil davlatlarda bu jarayon xar 10 yilda bir marotaba o‘tkazilib kelinmoqda. Respublikamizda oxirgi marta 1989 yil o‘tkazilgan bo‘lib, mustaqillik yillarida aholini ro‘yhatga olish tadbiri ilk bor 2023 yilda o‘tkaziladi.

 Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabr' kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №710-sonli qarori bilan aholini ro‘yhatga olish tadbiri 2023 yil 1-noyabrdan 25-noyabr'ga qadar o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yil noyabr oyida Respublikamizning 4 ta xududi ya'ni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shaxri va Toshkent shaxrining Yashnobod tumanlarida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Xozirda ushbu yig‘ilgan ma'lumotlar operatorlar tomonidan elekron bazaga kiritilmoqda.

 

 

 

 2023- yilda bo‘lib o‘tadigon tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazilishi hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yhatini tuzish bilan bog‘liq jarayondir. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, tegishli hududlarda uy-joy ob'ektlarini qurish masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bu qimmatli ma'lumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda: “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta'lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi.

  Kelgusida aholini ro‘yhatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin. Zotan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan ko‘p yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzili aniq bo‘lsagina yuqori samara berishi shubhasiz.

 

Axborot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech