05/04/2024

     Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasida muhim oʻrin tutadigan omillardan biri — daraxt ekish hamda parvarishlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilmoqda.

     Tizimda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi asosida tuman tashkilotlari mahalla fuqarolar yigʻinlari yettilik xodimlari, mahalla faollari hamda mahalladagi yashovchi aholi bilan birgalikda tumandagi mahalla binolari atroflari va aholi yashash xonadonlari, koʻcha atroflarida koʻchat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

     Shu jumladan, joriy yilning 5-aprel kuni Andijon viloyati Statistika Boshqarmasida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boshqarma hodimlari ishtirokida ommaviy ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech