24/11/2023

2023-yil 24-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov va boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva mavzu yuzasidan, mustaqillik yillarida yurtimizning ma‘naviy-ma‘rifiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligi, ayniqsa oxirgi yillardagi islohotlar zamirida inson manfaati va qadr qimmatini ulug‘lash, ozod va obod vatan barpo etishdek ulug‘ g‘oya mujassamligini, yurtimizda biz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning qadriga yetib, kelajakda shu el koriga yaraydigan, xalq manfaatlarini o‘ylaydigan barkamol inson bo‘lib yetishuvchi yoshlar ko‘p bo‘lsin deya tilak bildirdi.

 

Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu bo‘yicha bahs va munozarlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech