17/11/2023

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 2023-yil 17-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov, ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J. Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J. Tuxtabayeva 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va ahamiyati, bayroq so‘zining kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi, millatimiz tarixidagi bayroqlarning ko‘rinishi xususida hamda har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirishi, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir, deya so‘z yuritdi.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi  jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati  bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech