17/11/2023

Joriy yilning 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida direktor oʻrinbosari hamda onlayn eʼlonlarni joylashtirish boʻyicha eng ommabop elektron maydonlardan biri boʻlgan “OLX CLASSIFIEDS” MCHJ (Olx – savdo belgisi) rahbari tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi

Taʼkidlash joizki, imzolangan Memorandum doirasida tomonlar oʻrtasida oʻzaro axborot almashuvini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, uchrashuvda axborot almashuv boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish, raqamli texnologiyalar integratsiyasi borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech