08/11/2023

Joriy yilning 7-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2023-yil III chorak yakunlari boʻyicha, boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda Andijon viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari qatnashdilar.

Yig‘ilishni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev ochib berdi hamda kun tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli bo‘lim boshliqlari o‘z axborotlarini taqdim etdilar.

 

III chorak yakunlari bo‘yicha tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari xodimlari orasidan o‘zlarining samarali mehnatlari bilan yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlarga tashakkur aytilib rag‘batlantirildi.

 

 Yig‘lish so‘ngida viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘z fiirlarini bildirib o‘tdi va tarmoq hamda hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari jamoasiga kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tiladi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech