18/10/2023

Joriy yilning 18- oktabr kuni Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamadjanovaning 2023- yilning 9–11- oktabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy hisoblar” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Zuhra Mamajanova ishtirokchilarni seminarda olingan bilimlar, moliyaviy hisobni tuzishdagi tushunchalar va ta’riflar, moliyaviy aktiv va passivlar, moliyaviy instrumentlar, “kimdan-kimga” matritsalarini tuzish, axborot manbalari kabi mavzular bilan tanishtirdi.

Shuningdek, taqdimot jarayonida xorijiy davlatlarning moliyaviy hisobni tuzish amaliyoti boʻyicha ma’lumotlar ham berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech