16/10/2023

2023-yil 9–11-oktabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi, Eurostat, Yevropa Markaziy banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi hamkorligida moliyaviy hisoblar bo‘yicha seminar tashkil etildi.

 

Mazkur seminar ishtirok etuvchi mamlakatlarda moliyaviy hisobni tuzish yoki amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo‘lib, unda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo statistika idoralari va markaziy banklaridan vakillar ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va milliy hisoblar boshqarmasining Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Zuhra Mamajanova ham qatnashdi.

 

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, moliyaviy hisoblar boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mazkur hisoblarni shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech