12/10/2023

2023-yil 1-sentabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Andijon shahrida – 552 ta, Asaka – 388 ta, Baliqchi – 184 ta va Shahrixon tumanlarida – 144 ta. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan: savdo sohasida – 973 ta, sanoat – 436 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 168 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 156 ta.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech