21/09/2023

Joriy yilning 21-sentabr  kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faolyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Obidov hamda Andijon shahri statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  O. Iminovlar ishtirokida Andijon shahridagi dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirilib, joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech