19/09/2023

Joriy yilning 18-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dilmurodjon Yangiyev boshchiligida tadbir tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi xodimlari bilan shu yilning yanvar-avgust oylarida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalari boʻyicha fikr-mulohaza almashildi. Xususan, oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalari boʻyicha yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar belgilab olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech