18/09/2023

Joriy yilning 11–15-sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning toʻliqligidagi tengsizlikni baholash” mavzusida seminar tashkil etildi

Tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Turkmaniston, Kambodja, Sharqiy Timor, Vyetnam, Shri-Lanka, Butan, Hindiston, Indoneziya, Mongoliya davlatlarining mavzuga aloqador tashkilotlari, statistika idoralari, shuningdek, ESKATO hamda YUNISEF vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sherzod Abrayev ham qatnashdi.

Seminar doirasida ekspertlar tomonidan ikkilamchi maʼlumotlar manbalaridan foydalangan holda tugʻilish va oʻlimni qayd etishning toʻliqligini baholash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, seminarda fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning toʻliqligini baholash yuzasidan turli mamlakatlarda oʻtkazilgan tajribalar natijalari namoyish etildi. Shuningdek, tugʻilish va oʻlimni qayd etishning toʻliqligini statistik tahlil qilish maqsadida ishlab chiqilgan maʼlumotlardan foydalangan holda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech